Mening portfoliom
Men — jurnalist, teleloyiha prodyuseri va PR mutaxassisiman.
Faoliyatim davomida televideniye uchun turli ko‘rsatuv va loyihalarni ishlab chiqish, mavzu va konsepsiya yaratish, qahramonlar bilan ishlash hamda suratga olish jarayonlarini tashkil etish bilan shug‘ullanganman.
Jurnalistika menga har bir mavzuning mohiyatini topish, to‘g‘ri savol berish, qiziqarli hikoya yaratish va auditoriya e’tiborini jalb qiladigan kontent ishlab chiqishni o‘rgatdi.
Bugungi faoliyatimda jurnalistika, televideniye, prodyuserlik va PR tajribamni birlashtirib, g‘oyadan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan jarayonni boshqaraman.
Men uchun sifatli kontent — shunchaki ko‘rsatuv yoki reklama emas. U g‘oya, kuchli hikoya va auditoriya bilan to‘g‘ri kommunikatsiya uyg‘unligidir.
PR, influencer marketing va creative production yo‘nalishlarida ishlayman. Brendning maqsadini influencer auditoriyasi va kontent uslubi bilan birlashtirib, tabiiy, kreativ va natijaga yo‘naltirilgan integratsiyalar yarataman.
Farg‘ona viloyati — buxgalteriya
Xalqaro filologiya fakulteti — bakalavr
Oliy jurnalistika fakulteti — magistratura
Yuritgan hamda tanitgan brend va ekspert akkauntlarim.
Senarist va media prodyuser sifatida brendlarni bloger va influenserlar bilan bog'lab, integratsiyalarni boshdan oxir olib borganman. Har biri — havola orqali.
35+ bloger va influenser bilan doimiy hamkorlik — reklama joylashtirish uchun tayyor media bazasi. To'liq ro'yxat havolada.
Bloger bazasini ko'rish